Varan nega o'yinlarda ishirok etmayotgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Rafael Varan "Nyukasl"ga qarshi o'yinda maydonga tushmadi.
Frantsiyalik futbolchi yaqinda "Manchester Siti" bilan bo'lib o'tgan derbini (0:3) zaxira o'rindig'ida tomosha qildi va bugungi Liga kubogi o'yinida u umuman tarkibga kiritilmadi. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 30 yoshli futbolchi kasallik tufayli maydonga tushmayapti.
Rafael Varan joriy mavsumda “qizil iblislar” safida 9 ta o'yinda ishtirok etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!