Nayim Qosimov: "Bungacha VAR orqali "Paxtakor"ga qarshi qaror chiqargan edik. Agar, men aralashmasam ikkinchi qaror "Buxoro" foydasiga bo'lib qolar edi"
Superliganing 23-turi doirasidagi "Buxoro" – "Paxtakor" bahsining 90+5-daqiqasida yuzaga kelgan bahsli vaziyat bo'yicha O'FAda seminar bo'lib o'tdi. Unda uchrashuv bosh hakami Ravshan Abduvohidov va VAR hakami Nayim Qosimov vaziyat bo'yicha o'z izohlarini berishdi.
"Bungacha VAR orqali "Paxtakor"ga qarshi qaror chiqargan edik. Agar, men aralashmasam ikkinchi qaror "Buxoro" foydasiga bo'lib qolar edi" - dedi Nayim Qosimov.
Ma'lumot uchun, ularning ishi O'FA futbol faoliyatini nazorat qilish bo'yicha maxsus inspektsiyasiga oshirildi. Shuningdek, ikkala hakam ham nomuayyan muddatga hakamlikdan chetlatildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!