So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Oksana Chusovitina «Xalqaro maydonlarda o'zbek sportini targ'ib qilgani uchun» taqdirlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28376

Bugun, 28 dekabr kuni Milliy olimpiya qo'mitasi “O'zbekiston xalqaro anjumanlar saroyi”da o'zbek sporti tarixida ilk marotaba “Milliy sport mukofoti – 2018” tantanali taqdirlash marosimi o'tkazyapti.
Marosimda turli nominatsiyalar egasi taqdirlanishi kutilmoqda. Jumladan, Jahon gimnastikasi afsonasi, Oksana Chusovitina “Xalqaro maydonlarda o'zbek sportini targ'ib qilgani uchun” taqdirlandi.
“Eng yaxshi sport homiysi” sovrini O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari Ochilboy Ramatovga topshirildi.
Avvalroq, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov “Hududlarda sportni rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun” taqdirlangan edi.
O'zbekiston kurash federatsiyasi esa “Yilning eng faol federatsiyasi” deb e'tirof etildi. O'zbekiston shaxmat federatsiyasi “Yilning eng yaxshi innovatsion va intellektual faol federatsiyasi” deb e'tirof etildi.