O'zbekiston milliy terma jamoasining Turkiyadagi yig'ini yakuniga etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12434
O'zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 15 dekabridan beri Turkiyaning Antaliya shahrida yig'in o'tkazayotganidan xabaringiz bor. Yig'in davomida Ektor Kuper boshchiligidagi murabbiylar shtabi Osiyo Kubogiga yo'l oladigan yakuniy tarkibni aniqlab oldi. Quyidagi 23 nafar futbolchi Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib o'tadigan qit'a musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Darvozabonlar: 1. Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv") 12. Sanjar Quvvatov ("Nasaf") 21. O'tkir Yusupov ("Qo'qon-1912") Himoyachilar: 2. Akmal Shorahmedov ("Paxtakor") 3. Doston Tursunov ("R. Yamaguchi", Yaponiya) 4. Farrux Sayfiev ("Paxtakor") 5. Anzur Ismoilov ("Lokomotiv") 6. Davron Hoshimov ("Navbahor") 13. Oleg Zoteev ("Lokomotiv") 15. Egor Krimets ("Paxtakor") 20. Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv") Yarim himoyachilar: 8. Ikrom Aliboev ("Seul", Janubiy Koreya) 9. Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG", Xitoy) 11. Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") 14. Eldor Shomurodov ("Rostov", Rossiya) 16. Aziz Turg'unboev ("Navbahor") 17. Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya) 18. Fozil Musaev ("Jubilo Ivata", Yaponiya) 19. Otabek Shukurov ("Sharja", BAA) 22. Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912") 23. Odil Hamrobekov ("Nasaf") Hujumchilar: 7. Sardor Rashidov ("Lokomotiv") 10. Marat Bikmaev ("Lokomotiv")
Yig'in doirasida bitta nazorat o'yini o'tkazish rejalashtirilgandi. Ammo milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi keyinchalik bu fikrdan qaytib, turli jarohatlarni oldini olish maqsadida nazorat uchrashuvi o'tkazmaslikka qaror qildi. 29 dekabrdan 30 dekabrga o'tar kechasi futbolchilarimiz Turkiyadan yurtimizga qaytib kelishadi. Keyin 2 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklariga yo'l olishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!