Messi Ronalduga javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12471
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning so'zlariga javob qaytardi.
“Men tanaffuslarga muhtoj emasman. Chunki, men dunyoning eng kuchli klubida o'ynayman. Mening oldimda turgan chaqiriqlar esa o'zidan-o'zi yangilanadi. Yangi maqsadlar paydo bo'lishi uchun jamoani yoki chempionatni almashtirishni hojati yo'q”, - deydi Messi Marca.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik futbolchi Messini Italiyaga chaqirgan edi.
Ma'lumot uchun, 31 yoshli futbolchi “Barselona” safida jami bo'lib 657 ta o'yin o'tkazib 573 ta gol va 229 ta golga assisentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!