Modrich «Real»ning taklifiga rad javobini berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20334
«Real» rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib bormoqda.
"Qirollik klubi" tomonidan taklif etilgan yangi shartnoma xorvatiyalik futbolchiga yoqmadi. Shu bois, Modrich bu taklifga rad javobini berdi. 32 yoshli futbolchi «Real» bilan yanada yaxshiroq shartnoma imzolashni istamoqda.
Avvalroq Italiyaning «Inter» klubi Modrichga yillik maoshi 10 million evroga teng bo'lgan 4 yillik shartnoma taklif qilgandi.
Faktlar:
— Modrich 2012 yildan beri "Madrid" sharafini himoya qilmoqda.
— Xorvatiyalik futbolchi ushbu yilda The Best va «Oltin to'p» sovrinlarini qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!