Pike «Barselona» prezidenti bo'lish uchun butsalarini mixga ilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20659
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Jerar Pike yaqin vaqtlar ichida futbolchilik faoliyatini yakunlaydi deb xabar beradi El Mundo Deportivo.
Manbaning xabar berishicha, ispaniyalik futbolchi 2020 yil butsalarini mixga ilishni rejalashtirmoqda.
Faoliyatini yakunlaganidan so'ng, 31 yoshli futbolchi “ko'k-anorranglilar” prezident saylovida qatnashmoqchi.
Eslatib o'tamiz, prezidentlikka saylovlar 2021 yilga belgilangan.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum Pike “Barselona” safida 23 ta o'yinda maydonga tushib 5 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!