Potter Sautgeyt o'rnini egallashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
Angliya futbol assotsiatsiyasi Garet Sautgeyt bilan Evro-2024dan keyin xayrlashsa, hozirdanoq rejalar tuzmoqda. "Uch sherlar" boshqaruviga nomzod sifatida "Nyukasl"dan Eddi Xau ko'rsatilgan, biroq bu mutaxassis taklif chiqsa, uni rad etishi haqida ma'lumotlar bor.
The Telegraph nashrining yozishicha, nomzodlar orasida “Nottingem Forest”dan Stiv Kuper va “Chelsi”ning sobiq bosh murabbiyi Grem Potter bor.
Eslatib o'tamiz, ushbu haftada Angliya terma jamoasi Italiyani 3:1 hisobida mag'lub etib, Evropa chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Turnir iyun-iyul oylarida Germaniyada bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!