Xau terma jamoaga o'tmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
Eddi Xau 2024-yilgi Evropa chempionatidan so'ng Angliya terma jamoasida Garet Sautgeyt o'rnini egallashi mumkin bo'lgan murabbiylar ro'yxatidan joy olgan. Angliya futbol assotsiatsiyasi Xauning nomzodini jiddiy ko'rib chiqmoqda, biroq mutaxassisning o'zi yaqin kelajakda xalqaro saviyaga chiqish niyatida emas.
Qayd etilishicha, Xau hozircha faqat klub darajasida ishlash haqida o'ylamoqda. Shu bilan birga, “Nyukasl” agar futbol assotsiatsiyasi uni terma jamoaga jalb qilishga urinsa, murabbiyni o'z safida saqlab qolishga harakat qiladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan kuni Angliya terma jamoasi Italiyani mag'lub etib (3:1) Evro-2024 yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!