"Atletiko Madrid" omadsiz transferini sotmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
"Atletiko Madrid"ning qanot himoyachisi Xavi Galan boshqa ispan klubining qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deb xabar beradi Todofichajes portali.
Jurnalistlarning yozishicha, 28 yoshli futbolchini “Betis” klubi qo'lga kiritmoqchi. Galanning Andalusiyaga potentsial transferi miqdori taxminan 12 million evroni tashkil qilishi mumkin.
Xavi so'nggi transfer oynasida "Selta"dan Madrid klubiga o'tgan edi. U bilan uch yillik mehnat shartnomasi tuzildi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida himoyachi to'rtta o'yinda maydonga tushib, bitta sariq kartochka oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!