"Tottenxem" "Real" futbolchisini jamoaga chorlamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 57
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos Angliya premer-ligasining yana bir vakilining qiziqish doirasiga tushib qoldi. Todofichajes xabariga ko'ra, Londonning "Tottenxem" klubi 27 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Bitim summasi 20 million evroni tashkil qilishi mumkin. Sebalos qirollik klubi bilan 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan.
Dani Angliya chempionatida o'ynash tajribasiga ega. 2019 yildan 2021 yilgacha yarim himoyachi Londonning "Arsenal" klubida ijara asosida o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!