«PSJ» «Real»ga Neymar bilan muzokara o'tkazishga ijozat berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 373
"Real" klubi "PSJ" hujumchisi Neymarni qo'lga kiritish uchun harakatlarni davom ettirmoqda.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko'ra, parijliklar rahbariyati "Real" vakillariga futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida muzokara olib borish uchun ruxsat berdi. "Qirollik klubi" Neymar bilan kelishuvga erishsa, shundan so'ng klublar transfer borasida muzokarani boshlashadi.
"PSJ" braziliyalik futbolchini "Barselona"ga sotmaslik maqsadida shunday ishga qo'l urmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!