"Brentford" "Chelsi" va "Arsenal" qiziqayotgan hujumchisini o'rniga "Lester" futbolchisini olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
Zambiyalik hujumchi Patson Daka "Lester"ni tark etib, faoliyatini boshqa ingliz klubida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Football Transfers nashri.
Manbaning xabar berishicha, 24 yoshli afrikalik futbolchining xizmatlariga "Brentford" klubi qiziqish bildirmoqda. Klub rahbariyati Patsonni Londonning "Chelsi" va "Arsenal" klublari nishonga olgan Ayven Tonining o'rnida ko'rmoqda.
O'tgan mavsumda forvard “Lester” safida 36 ta o'yinda ishtirok etib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Patsonning shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan va transfer narxi 18 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!