Dembele: "Barcha professional qarorlar ko'proq pul topish maqsadiga qaratilgan"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
“Al-Ittifoq” hujumchisi Mussa Dembele nima uchun “Lion”dan Saudiya klubiga o'tganini tushuntirib berdi.
“Barcha professional qarorlar ko'proq pul topish maqsadiga qaratilgan. Bu professional kareraning bir qismi. Ko'proq pul ishlang va gullab-yashnang. Hatto siz jurnalistlar ham ko'proq pul ishlash uchun kanal almashtirasiz. Futbolchilarda boshqacha narsa yo'q. Qancha ko'p topsam, shuncha ko'p beraman. Malida ota-onamning qishlog'i bor, men u erdagi odamlarning hayotini yanada qulayroq qilish uchun ko'p narsalarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqdaman", - deb Dembele so'zlaridan iqtibos keltiradi Footmercato.
27 yoshli frantsiyalik futbolchi joriy mavsum Saudiya Arabistonida 7ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.