«Arsenal» o'z hujumchisini APL klubiga qo'yib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42

Londonning «Arsenal» klubi o'z hujumchisi Eddi Nketiani Ivan Touni evaziga «Brentford»ga taklif qilishga tayyor. Bu haqda Sun Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, o'yinchilar almashinuvi yanvar oyidagi transfer oynasida sodir bo'lishi mumkin. Oldinroq «kanonirlar» Touni uchun 90 million evro to'lashi kerakligi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli «Brentford» forvardi sport musobaqalariga pul tikgani uchun diskvalifikatsiya qilingan edi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Nketianing narxi 25 million evroga teng. Tounining narxi 35 million evro.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!