Ximenes Erediviziya tarixiga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40

Dam olish kunlarida Gollandiya chempionatida «Ayaks» va «Feyenoord» o'zaro o'yinni yakunlay olishmadi.
Uchrashuvning 55-daqiqasida 0:3 hisobi qayd etilib, muxlislar pirotexnika vositalarini ikkinchi marta maydonga tashlashni boshlaganlarida, hakam nihoyat jamoalarni maydondan olib chiqdi.
Chorshanba kuni o'yin tomoshabinlarsiz yakunlandi. Qayta boshlashdan ko'p o'tmay, «Feyenoord» hujumchisi Santyago Ximenes xet-trik qayd etdi va hisobni 0:4 ko'rinishiga keltirdi. Final hushtagi yangraganidan keyin bu raqamlar Amsterdamdagi tabloda yonib turdi.
Opta xabariga ko'ra, Santyago Ximenes Erediviziya tarixida «Ayaks»ga qarshi safar o'yinida xet-trik qayd etgan birinchi futbolchi bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!