Rufat Risqiev xonadoniga o'zbek boks yulduzlari tashrif buyurdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17085
Mamlakatimizda yangi yil shukuhi kezib yurgan paytda, barcha bir-biriga quvonch ulashmoqda.
Kimdir muruvvat uylariga bormoqda, kimdir esa yaqinlarini yo'qlamoqda. O'zbek xalqida keksalarni hurmat qilish, ularga e'tibor va g'amxurlik ko'rsatish kabi yuksak qadriyat shakllangan.
O'zbek xalqiga azaldan xos bo'lgan bunday yuksak fazilatlar mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Inson jasoratini esga olish, uni qadrlash bebaho ma'naviy boylikdir.
Ayniqsa, bayram bahonasida mehnat faxriylarini yo'qlash odat tusiga aylangan.
O'zbekiston boks federatsiyasi yangi yil arafasida ana shunday xayrli ishga qo'l urdi. Mamlakatimiz sharafini havaskor va professional ringlarda munosib himoya qilayotgan bokschi va murabbiylar o'zbek bokschilari o'rtasida birinchi bo'lib jahon chempioni bo'lgan, Olimpiada o'yinlari sovrindori, xalqaro turnirlar g'olibi Rufat Risqiev xonadonida bo'lib, dildan suhbat qurishdi.