Yosh gimnastikachilarimiz BAAdagi musobaqada medallar shodasiga ega chiqishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27669
Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Dubay shahrida badiiy gimnastika bo'yicha «2-Emirates Asian cup» xalqaro turniri bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqada jahonning 15 mamlakatidan 400 nafarga yaqin yosh iqtidor egalari ishtirok etishdi. Bahslarda o'zbekistonlik qizlar muvaffaqiyatli qatnashdilar.
Musobaqa yakunlariga ko'ra, sportchilarimiz medallar shodasi bilan yurtimizga qaytishdi:
Osiyo Tojieva – oltin va bronza
Shahrizoda Halimova – kumush
Gulchexra Sobirova – kumush
Alisa Petrova – kumush
Shaxruza Mamatxanova – bronza
Odina Zohidova – bronza
Sora Nurmatova – bronza
Rianna Karimbaeva – bronza
Liza Koneva – bronza
Diyora Ziyautdinova – bronza.
Musobaqa davomida shuningdek Yulduz Abduganieva, Amaliya Mamedova, Vilana Savadyan, Sogdiana Eshilova, Regina Uzbekova, Samira Komiljonova kabi yosh gimnastlarimiz sovrinli o'rinlardan joy oldilar.
Qayd etish lozimki, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Zarrina Abdullaeva turnirda uchinchi marotaba bosh hakam sifatida faoliyat olib bordi.