«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi jamoaning transfer siyosatini tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 70
«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Robbi Sevidj jamoaning yozgi transfer mavsumi haqida fikr bildirdi.
Uelslik futbolchining fikricha, «mankunianliklar» o'zlarini ancha yaxshi o'yinchilar bilan kuchaytirishlari mumkin edi.
«Maunt Bellingem, Rays yoki Makallisterdan yaxshiroqmi? Bu futbolchilarning barchasi yozda klublarini o'zgartirgan.
Menimcha, Rasmus Xoylund ajoyib o'yinchi, lekin u Xarri Keyn bilan bir saviyada emas», – dedi Sevidj.
Eslatib o'tamiz, «Manchester Yunayted» Angliya premer-ligasining dastlabki besh turida uchta mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
«Mankunianliklar» tez orada «Byornli»ga qarshi bahsda ochko olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!