Alkantara Ispaniyaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 85
«Liverpul»ning 32 yoshli yarim himoyachisi Tyago Alkantara Ispaniyaga o'tishi mumkin. Bu haqda Todofichajes jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, tajribali yarim himoyachi xizmatlariga «Real Sosedad» qiziqmoqda. Klub yanvardagi transfer oynasida Tyagoni qo'lga kiritishga urinib ko'rishi mumkin.
O'tgan mavsumda Angliya chempionatida Alkantara 18 ta o'yin o'tkazib, uchtadan ogohlantirish olgan. Ispaniyalik futbolchining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!