Rabo La Ligaga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 73
Turinning «Yuventus» klubi yarim himoyachisi Adrien Rabo Ispaniya chempionatida o'ynash imkoniyatiga ega.
Todofichajes xabariga ko'ra, frantsiyalik yarim himoyachi xizmatlariga Madridning «Atletiko» klubi qiziqish bildirmoqda.
Rabo «Keksa sinyora» safida 2019 yilning iyulidan buyon o'ynab kelmoqda. Yarim himoyachining Italiya grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning narxini 40 million evroga baholamoqda.
Italiya chempionatining joriy mavsumida 28 yoshli yarim himoyachi to'rtta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!