Bellingem EChLda tengsiz
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136
Chempionlar ligasining eng qimmat yosh futbolchisi aniqlandi. Reyting Transfermarkt portali tahlilchilari tomonidan tuzilgan, faqat hali 22 yoshga to'lmagan futbolchilar hisobga olingan.
Birinchi o'rinni Jud Bellingem egalladi, uning goli chorshanba kuni «Union»ga qarshi kechgan qiyin bahsda (1:0) «Real»ga g'alaba keltirdi. Portal ma'lumotlariga ko'ra, uning narxi 120 million evro.
Ikkinchi pog'onada «Bavariya»ning 20 yoshli hujumchisi Jamal Musiala - 110 million evro. Uchinchi o'rinda «Barselona» yarim himoyachisi Pedri – 100 million.
Uning jamoadoshi Gavi biroz ortda – 90 million. Kuchli beshlikni «Real» yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga yopdi – 85 million.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!