Tuxel: «Mazraui o'z aqlini rivojlantirishi kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 59
«Bavariya» bosh murabbiyi Tomas Tuxel himoyachi Nusser Mazraui nimani yaxshilashi kerakligi haqida gapirdi.
«Uning texnik qobiliyatlari haqida ko'p gapirishning hojati yo'q - u eng zo'rlaridan biri. Ammo yangi jismoniy chegaraga erishish uchun o'z aqlini rivojlantirishi kerak. U jang qilishi va kurashishi kerak», dedi Tuxel jurnalistlarga.
Nusser Mazraui «Bavariya»da 2022 yilning yozidan buyon o'ynab kelmoqda. O'shandan beri himoyachi myunxenliklar safida 31 ta o'yin o'tkazib, bitta gol va to'rtta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!