Tuxel Nagelsmanning Germaniya termasiga tayinlanganiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
Yulian Nagelsmann Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylandi. "Bavariya" boshqaruvchisi Tomas Tuxel bu borada fikr bildirdi.
“Albatta, Yulian top murabbiy. Germaniya terma jamoasida avval ham top murabbiy bo'lgan, barchamiz bir-birimizni hurmat qilishimiz kerak. Ishonchim komilki, Flik boshchiligida jamoa Evroni yaxshi o'tkazar edi. Yulian bilan ham shunday bo'ladi”, dedi Tuxel matbuot anjumanida jurnalistlarga.
Germaniyadagi Evropa chempionati 2024 yilning iyun-iyul oylarida bo'lib o'tadi. Nagelsmanning Germaniya futbol ittifoqi bilan imzolagan shartnomasi kelasi yilning iyul oyi oxirigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!