O'zbekiston JCh saralashida Turkmaniston bilan sun'iy maydonda o'ynaydi (mi?)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
Turkmaniston futbol federatsiyasi 16-noyabr kuni JCh-2026 saralashining 1-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi o'yinni Ashxobod shahridagi sun'iy qoplamali maydonga ega "Ashxobod" stadionida o'tkazadi.
Turkmaniston terma jamoasi, odatda, uy o'yinlarini Ashxobod shahridagi tabiiy chimli "Saparmurat Turkmanboshi" nomidagi olimpiya stadionida yoki "Kopetdog'" stadionida o'tkazib kelgan. Lekin raqiblarimiz terma jamoamiz uchun maksimal noqulaylik yaratish maqsadida sharoitlar va sig'im jihatdan ham pastroq ko'rsatkichlarga ega sun'iy qoplamali maydonni tanlashgan.
Sun'iy qoplamali maydonda amortizatsiyaning yo'qligi tufayli futbolchining butun vazni mushak-skelet tizimiga bosim o'tkazadi va ko'p hollarda golenostop (oyoq bilagi) jarohatlanishi sodir bo'ladi.
O'zbekiston terma jamoasining bir nechta futbolchilarida sun'iy qoplamali maydonda o'ynamaslik bo'yicha shifokor tavsiyasi ham mavjud. Terma jamoamiz Meksikaga qarshi "Mersedes-Bents" stadionidagi so'nggi avlod sun'iy maydonda o'ynaganiga qaramasdan, shifokor tavsiyasiga ko'ra, terma jamoamizning bir qancha etakchilari asosiy tarkibdan joy olishmagan edi.
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida joylashgan va xalqaro talablarga javob beradigan futbol stadionlari:
1. "Saparmurat Turkmanboshi" stadioni (45 ming, tabiiy);
2. "Kopetdog'" stadioni (26,5 ming, tabiiy);
3. "Ashxobod" stadioni (20 ming, sun'iy);
4. "Nusay" stadioni (6 ming, tabiiy).
Manba: https://t.me/SamvelKarlenich