2 nafar hakamimiz Osiyo o'yinlarida ishtirok etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
Xabaringiz bor, shu kunlarda Xitoyning Xanchjou shahrida 19-Osiyo o'yinlarining futbol bahslari bo'lib o'tmoqda.
Ahamiyatli jihati, ushbu bahslarda ishlash uchun 2 nafar arbitrimiz ham jalb etilgan. 19 sentyabr kuni «B» guruhi doirasidagi Saudiya Arabistoni – Eron bahsida Rustam Lutfullin bosh hakam, Ruslan Serazitdinov esa yordamchi hakam sifatida uchrashuvni boshqarishdi.
Shuningdek, kecha 21 sentyabr kuni Hindiston – Bangladesh uchrashuvida Ruslan Serazitdinov yordamchi hakam vazifasini ado etdi.
Bugun, 22 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan Qatar – Falastin bahsida Rustam Lutfullin zaxira hakami vazifasini bajarishi ko'zda tutilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!