Neymar “Navbahor”ga qarshi bahsda to'pni oldirib qo'yish bo'yicha eng yomon natija ko'rsatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
Osiyo Chempionlar Ligasining 1-turida “Navbahor” 18 sentyabr, dushanba kuni “Al-Hilol”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi. “Al-Hilol” hujumchisi Neymar o'yin davomida 32 marta to'pni oldirib qo'ygan. Bu o'yinda ishtirok etgan futbolchilar ichida eng yomon natija hisoblanadi
Shuningdek, 60-daqiqada braziliyalik futbolchi “Navbahor” a'zosi bilan kichik nizoga bordi va uni itarib yubordi. Undan keyin yiqilgan raqibiga qarata to'pni tepib yubordi. Bosh hakam Neymarga ushbu vaziyat uchun sariq kartochka ko'rsatdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!