Kamavinga: "Menga chap qanot himoyasi yoqmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga “Union Berlin”ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-tur uchrashuvi oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Kamavinga o'tgan mavsumda o'ynagan chap qanot himoyasi haqida so'rashdi.
"Buni so'rashingizni bilardim. Men jamoa uchun o'ynayman. Menga chap qanot himoyachisi pozitsiyasi yoqmaydi. Ammo kerak bo'lsa, jamoa manfaati uchun bu pozitsiyada o'ynashga tayyorman", dedi u.
"Real Madrid" va "Union" o'rtasidagi Chempionlar ligasi uchrashuvi 20 sentyabr 23:45da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!