Anchelotti Karvaxalning jarohati haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
Madridning “Real” klubi himoyachisi Daniel Karvaxal jarohat oldi va Chempionlar ligasi doirasidagi “Union Berlin”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Madrid jamoasi boshqaruvchisi Karlo Anchelotti bu borada fikr bildirdi.
“Karvaxalda Madrid derbisida o'ynash imkoniyati bor. U ertaga testlarni topshiradi. "Union"ga qarshi o'yinda Karvaxal himoyaning o'ng qanotida Vaskesga almashtiriladi.
Arda Guler? U dushanba kuni jamoa bilan ishlashga qaytadi", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida jurnalistlarga.
Eslatib o'tamiz, “Real” Ispaniya chempionati doirasidagi “Atletiko”ga qarshi safar o'yinini 24 sentyabr, yakshanba kuni o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!