"Borussiya D" bosh murabbiyi: "Bizni EChL favoriti bilan o'yin kutmoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26

Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Edin Terzich "PSJ"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin haqida gapirdi.
Jamoalar Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turi doirasida Parijda to'qnash kelishadi. O'yin seshanba kuni bo'lib o'tadi.
"PSJ" ustunlikda futbol o'ynashni yaxshi ko'radi, biz hushyor bo'lishimiz kerak. Albatta, yaqindagina "PSJ" uchun juda qiyin kechgan "Nitstsa" bilan o'yinni tahlil qildik.
Biz imkon qadar tajovuzkor bo'lishimiz va "PSJ" uchun bo'sh pozitsiya qoldirmasdigimiz kerak, aks holda gol o'tkazib yuborishimiz muqarrar. Bizni Chempionlar ligasi favoritlaridan biri bilan uchrashuv kutib turibdi, bu qiyin bo'ladi, ammo bizda kurash olib borish uchun etarli sifatlar bor”, - dedi Terzich matbuot anjumanida.