Ballak Germaniya terma jamoasi murabbiyligi uchun o'z variantini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

«Bavariya»ning sobiq futbolchisi Mixael Ballak gollandiyalik mutaxassis Lui van Galni Germaniya terma jamoasiga taklif qilish kerak, deb hisoblamoqda.
«Biz eng yaxshi variantni izlashimiz kerak. Men tajribali murabbiyni taklif qilgan bo'lardim, van Gal esa aynan shunday.
Unda bu ish uchun hamma narsa bor. Jamoaga yangi turtki kerak. Lui - hurmatga sazovor odam, u zarur tajribaga ega va ishning barcha nozik tomonlarini yaxshi biladi», - dedi Ballak.
Eslatib o'tamiz, Hans-Diter Flik yaqinda Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan bo'shatildi. Van Galning oxirgi ish joyi Gollandiya terma jamoasi bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!