Neymar «Navbahor» futbolchisi bilan janjallashib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 495

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubining yulduz hujumchisi Neymar Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining ochilish o'yinida «Navbahor» futbolchisi bilan janjallashib qoldi.
O'yin lahzalaridan birida braziliyalik hujumchi raqibini turtib yubordi va yiqilib tushganidan keyin unga to'p bilan zarba berdi. Bu harakatlari uchun Neymar sariq kartochka bilan jazolandi.
Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
Eslatib o'tamiz, Neymar yozgi transfer oynasida Frantsiyaning «PSJ» klubidan «Al-Hilol»ga o'tgan edi.
Bitim summasi 90 million evroni tashkil etdi. Hujumchi Saudiya klubi bilan 2025 yilga qadar mehnat shartnomasi tuzdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!