Mashhur tennischi "Real" prezidenti bo'lmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82
Mashhur tennischi Rafael Nadal "Real" prezidenti bo'lish istagi haqida gapirdi.
"Qirollik klubi"ning azaliy muxlisi bo'lgan ispaniyalik sportchi yaqinda Karlo Anchelotti jamoasi "Real Sosedad"ni mag'lub etgan (2:1) La Liga o'yiniga tashrif buyurdi.
"Real Madrid" prezidenti bo'lishim mumkinmi? Men buni xohlardim deb o'ylayman, lekin hozir klubda tasavvur qilish mumkin bo'lgan eng yaxshi prezident bor”, - dedi Nadal Movistar nashriga bergan intervyusida.
20 sentyabr kuni Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvida “Union Berlin”ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!