Ten Xag "MYu"ga yana niderlandiyalik futbolchini jalb qilmoqchi bo'lgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
"RB Leyptsig"da ijara asosida to'p tepayotgan "PSJ" yarim himoyachisi Xavi Simons faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
PSVdagi ajoyib mavsumdan so'ng 20 yoshli futbolchiga Evropaning bir qancha top klublari qiziqish bildirishdi. Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Simonsni o'z jamoasida ko'rishni juda xohlagan va agar Premer-liga giganti futbolchi "PSJ"ga o'tishdan bosh tortsa, u bilan muzokaralarni boshlashga tayyor edi, ammo niderlandiyalik futbolchi Parijga qaytishga qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, frantsuz klubi o'sib borayotgan yulduzni bor-yo'g'i 4 million evro evaziga sotib olish variantiga ega edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!