So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
A Seriyada kim g'alaba qozonadi? Tahlilchilarning prognozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83
A Seriyada endigina 4-tur yakunlanadi, ammo Opta tahlilchilari allaqachon chempionlikni kim yutishini oldindan bashorat qilgan. Chempionlik uchun oltita klub da'vogarlik qilmoqda, ammo faqat bittasida real imkoniyat bor.
Kuchli oltilikning boshlanishi
"Latsio"ning A Seriyada g'alaba qozonish imkoniyati juda oz - atigi 0,1%. Tahlilchilarning taxminiga ko'ra, "burgutlar" mavsum yakunida 5-7-o'rinlarni egallaydi.
Uchtalikdan tashqarida
"Atalanta"ning imkoniyati biroz yuqoriroq – 0,4%. Katta ehtimol bilan Jan-Pero Gasperini klubi mavsumni 5-6-o'rinlarda yakunlaydi. Tahlilchilar bu natijani 19,7-24,3 foizga baholamoqda.
Bronza medallariga asosiy da'vogar
"Yuventus"ning ham g'alaba qozonish ehtimoli unchalik yuqori emas - 5,2%. "Byankonerilar"da uchinchi (24,5%) yoki to'rtinchi (30,6%) o'rinni egallash imkoniyati ko'proq.
Chempionlikka da'vogarlar
A Seriyada g'alabaga da'vogar "Milan" (12,5 foiz). Tahlilchilarning fikricha, "rossonerilar" ikkinchi (25,4 foiz) yoki uchinchi (29,1 foiz) o'rinni egallaydi.
Titul himoyasi?
Nashr mutaxassislarining fikriga ko'ra, "Napoli"ning yangi mavsumdagi chempionlik imkoniyati – 19,4 foiz. Taxminlarga ko'ra, amaldagi chempion katta ehtimol bilan kumush (32,9%) yoki bronza medali (25,8%) sohibiga aylanadi.
Yangi chempion
Chempionlik poygasining yaqqol favoriti "Inter". Uning chempionlikni qo'lga kiritish imkoniyati 62,4 foizni tashkil etadi. Opta "neradzurrilar" kuchli uchlikdan tushib qolmasligiga ishonch bildirmoqda. Ikkinchi o'rinni egallash ehtimoli atigi 23,8%, uchinchisi esa 9,4%.