Vau! "Barselona" Pedrini sotishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

Kataloniyaning "Barselona" klubi jamoaning umidli futbolchilaridan biri bilan xayrlashishi mumkin.
Todofichajes nashri xabariga ko'ra, "ko'k-anoranglilar" agar foydali taklif tushsa, 20 yoshli yarim himoyachi Pedrini sotib yuborish variantini ko'rib chiqadi.
Ispaniyalik yarim himoyachiga transfer bozorida talab katta. Pedrining xizmatlariga "Bavariya", "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirmoqda. Potentsial transfer qiymati kamida 120 million evroga baholanmoqda.
Yarim himoyachi "Barselona"da 2019 yildan buyon o'ynab kelmoqda, uning shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!