Montella Turkiya terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
Italiyalik mutaxassis Vinchentso Montella Turkiya terma jamoasini boshqarishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko'ra, Turkiya futbol federatsiyasi 49 yoshli italiyalik bilan muzokara olib bormoqda. Avvalroq Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Shtefan Kunts o'z lavozimini tark etishi haqida xabar berilgandi.
Montella 2021 yildan 2023 yilgacha Turkiyaning “Adana Demirspor” klubini boshqargan. U “Roma”, “Fiorentina”, “Sampdoriya”, “Milan” va “Sevilya” klublarida ham bosh murabbiy bo'lib ishlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!