Rubiales aybini tan olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
Luis Rubiales Ispaniya milliy sudida guvohlik berdi.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasining (RFEF) sobiq rahbari bugun o'z advokati Olga Tubau bilan uchrashuvga bordi.
Avvalroq sud Rubialesni JCh finalidan keyin medal topshirish marosimida Jennifer Ermosoning lablaridan o'pganligi uchun jinsiy zo'ravonlik va majburlashda ayblagan prokurorlarning shikoyatini qabul qilgan edi.
Sobiq RFEF prezidenti Ermosoni o'pganida majburlash va rozilik bermaganligini rad etdi. Rubiales so'roq paytida taxminan 45 daqiqa javob berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!