"Tottenxem" sobiq himoyachisi Lorisning klubdagi vaziyati haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
"Tottenxem"ning sobiq futbolchisi Alan Xatton darvozabon Ugo Lorisning holati haqida gapirdi.
36 yoshli frantsiyalik futbolchi "shporlar" qaydnomasidan o'chirildi va transferga qo'yildi, biroq u bir qancha takliflarni rad etib, o'ziga yangi klub topa olmadi.
"Tottenxem" shartnomasini buzmoqchi va maoshining qolgan qismini to'lamoqchi emasligiga ishonchim komil emas. Bu holat menga juda g'alati tuyuladi, lekin men hukm qila olmayman, chunki klub ichida nima bo'layotganini bilmayman. Loris uzoq vaqt sardorlik qildi va ajoyib o'yin ko'rsatdi. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz", - deya Xatton so'zlarini keltiradi Football Insider.
Ugo Lorisning London klubi bilan shartnomasi kelasi yilning o'rtalarigacha amal qiladi.