Flik Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan haydaldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o'z lavozimini tark etdi, deb xabar beradi Germaniya futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti.
Bo'lajak o'yinda jamoani terma jamoaning boshqaruvchi direktori Rudi Feller boshqaradi.
Flik Germaniya terma jamoasini 2021 yildan buyon boshqarib kelmoqda edi. Uning qo'l ostida jamoa 25 uchrashuv o'tkazib, 12 marta g'alaba qozongan, 7 marta durang o'ynagan va 6 uchrashuvda mag'lub bo'lgan.
Germaniya terma jamoasi Qatarda bo'lib o'tadigan JCh-2022da guruhdan chiqa olmadi. 2024 yilda Germaniya futbol bo'yicha Evropa chempionatiga mezbonlik qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!