Ispaniya ayollar terma jamoasini endi ayol murabbiy boshqaradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) Ispaniya ayollar terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlangani haqida e'lon qildi.
2018 yildan buyon milliy terma jamoa murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgan Montse Tome bosh murabbiy etib tayinlandi.
Avvalroq, Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) 16 kun avval terma jamoani jahon chempionatida g'alabaga olib kelgan Ispaniya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi va sport direktori Xorxe Vildaning iste'foga chiqishini ma'lum qilgandi.
41 yoshli Tomes Ispaniya ayollar terma jamoasini boshqargan birinchi ayol bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!