Lingard APL klubi bilan shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
Yarim himoyachi Jessi Lingard "Vest Xem" yoki "Vulverxempton"ga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi Sky Sports.
Ikkala klub ham erkin agent bo'lgan 30 yoshli ingliz futbolchisini o'z safiga qo'shib olish borasida jiddiy o'ylamoqda. Lingard yaqinda "Vest Xem" bilan mashg'ulot o'tkazayotgandi, ammo "Vulverxempton" ham futbolchiga qiziqish bildira boshladi va yaqin kunlarda unga rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.
2022/23 yilgi mavsumda Lingard "Nottingem Forest"da o'ynadi va u erda 20 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!