Grilish Angliya terma jamoasiga yordam bera olmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
"Manchester Siti" hujumchisi Jek Grilish Angliya terma jamoasi yig'inini o'tkazib yuboradi.
Avvalroq, 27 yoshli futbolchi Angliya Premer-ligasining 4-turidan o'rin olgan “Fulxem” bilan o'yinda (5:1) jarohat olgan edi.
Shu tariqa, Grilish Angliya terma jamoasining bo'lajak o'yinlarini o'tkazib yuboradi, deb xabar bermoqda terma jamoa matbuot xizmati.
9 sentyabr kuni Garet Sautgeyt shogirdlari Evropa chempionati – 2024 saralash bosqichi doirasida Ukraina terma jamoasi bilan o'ynaydi. Bundan tashqari, 12 sentyabr kuni Angliya terma jamoasi Shotlandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!