Rasman! Yannik Karrasko Saudiya klubiga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78
Qanot hujumchisi Yannik Karrasko faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.
Saudiya klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, "Atletiko Madrid"da to'p tepayotgan 30 yoshli futbolchi "Ash-Shabob" bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, transfer narxi 15 million evroni tashkil qilgan.
Yannik Karrasko 2020tyilda Xitoyning "Dalian Pro" jamoasidan "matraschilar" jamoasiga qaytgan edi. Belgiyalik futbolchining Madrid klubi bilan tuzgan mehnat shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida yakuniga etar edi.
Karrasko joriy mavsumda La Ligada 3 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!