"Tottenxem" yarim himoyachisi Turkiyaga etib bordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56
"Tottenxem" yarim himoyachisi Tanguy Ndombele tez orada "Galatasaroy"ning yangi futbolchisi sifatida tanishtiriladi.
Avval xabar qilinganidek, kelishuv to'liq kelishib olingan, endilikda yarim himoyachi o'tish jarayonini yakunlash uchun Turkiyaga etib keldi, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano. Tez orada transfer rasman tasdiqlanadi. Kutilganidek, "Galatasaroy" 26 yoshli frantsiyalik futbolchini "Tottenxem"dan keyinroq sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi.
Tanguy Ndombelega avvalroq Italiyaning "Jenoa" va "Inter" klublari qiziqish bildirgan edi. Futbolchining "shporlar" bilan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!