Kamada nima uchun "Latsio"ni tanlaganini tushintirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
"Latsio" yarim himoyachisi Daichi Kamada o'z tanlovini tushuntirdi.
27 yoshli futbolchi Frankfurtning “Ayntraxt” klubi bilan shartnomasi tugaganidan keyin uzoq vaqt klubsiz qolmadi. Avgust oyida "Latsio" yaponiyalik bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
"Uzoq vaqt davomida erkin agent maqomida bo'lish oson emas edi. Menga noxush fikrlar keldi, lekin aqlimni yo'qotmadim.
“Latsio” bilan muzokaralar olib borar ekanman, men bu erda haqiqatan ham zarur ekanligimni angladim. Menga eng katta taassurot qoldirgan Mauritsio Sarri - ajoyib murabbiy, u uchun maydonda bor kuchimni berishni istayman. “Latsio” men uchun mukammal ekanligini his qildim”, dedi Kamada.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!