Azar faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Torgan Azar faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Nieuwsblad.
Manbaga ko'ra, "Anderlext" futbolchi bilan bog'langan, ammo uning maoshi sezilarli darajada kamayishi qayd etilgan - nemis klubida u bir mavsumda besh million evro oladi.
30 yoshli futbolchining "Borussiya" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt uni etti million evroga baholamoqda.
Belgiyalik futbolchi o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini Niderlandiyaning PSV klubida ijara asosida o'tkazdi.
2023/24 yilgi mavsumda Azar atigi 6 daqiqa maydonda o'tkazdi.
Belgiyada transfer oynasi 6 sentyabr kuni yopiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!