Ramos: "Sevilya"ga qaytish - Puerta oldidagi burchim edim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66
Himoyachi Serxio Ramos haqiqatan ham "Sevilya"ga qaytmoqda. 37 yoshli futbolchi o'tish jarayonini yakunlash uchun allaqachon shaharga etib kelgan.
"Bu erga qaytish otam, bobom, “Sevilya” muxlislari va Antonio Puerta oldidagi burchim edi" - dedi Ramos.
Eslatib o'tamiz, Antonio Puerta 2007 yilning 28 avgustida, "Sevilya" bilan o'yinda yuragi bilan bog'liq muammolar paydo bo'lganidan bir necha kun o'tib vafot etgan edi.
Serxio Ramos "Sevilya" tarbiyalanuvchisi. Himoyachi 2005 yilning yozi oxirida "Real"ga o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!