"An-Nasr" himoyachisi Saudiyaning boshqa jamoasiga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101
"Al-Feyxa" "An-Nasr"ning chap qanot himoyachisi Gislen Konanni ijaraga oldi.
27 yoshli futbolchi joriy mavsum "An-Nasr" safida 6 ta o'yinda maydonga tushdi. U yozda Frantsiyaning "Reyms" jamoasini erkin agent sifatida tark etdi.
Transfermarkt ivuarlik futbolchini 8 million evroga baholamoqda. Uning "An-Nasr" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.
5 turdan keyin "An-Nasr" Saudiya Arabistoni chempionatida oltinchi o'rinni egallab turibdi – 9 ochko. "Al-Feyxa" hisobida 6 ochko bor va sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!