"Nyukasl" APLda ketma-ket 3 ta o'yindan buyon engilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
"Nyukasl" APLda qatorasiga uchinchi o'yinda mag'lub bo'ldi.
Bosh murabbiy Eddi Xau jamoasi Premer-liganing 4-turi doirasidagi o'yinda "Brayton"ga (1:3) mag'lub bo'ldi.
Chempionatning birinchi turida “Nyukasl” “Aston Villa”ni mag'lub etdi (5:1), keyin esa “Manchester Siti” (0:1) va “Liverpul”ga (1:2) imkoniyatni boy berdi.
Ayni damda “qarg'alar” 3 ochko bilan APL turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda.
Avvalroq, Chempionlar ligasi qur'a natijalariga ko'ra, "Nyukasl"ning turnirning guruh bosqichidagi raqiblari - "PSJ", "Milan" va Dortmundning "Borussiya" klublari ekanligi ma'lum bo'lgandi.
Xau jamoasi o'tgan mavsumda Premer-ligada to'rtinchi o'rinni egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!